O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan yurtimiz tarixida ilk marta nashr qilingan ushbu Mus’hafi sharifga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi» asarining audiosi hamda Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum tomonidan o‘qilgan Qur’oni karim tilovatining 30 poralik audio tasmasi QR kod orqali joylashtirilgan.
«Al Quran Mass Media» tomonidan nashr etilgan ushbu Mus’hafi sharif Hafs rivoyatiga asoslangan bo‘lib, «Qur’oniy tadqiqotlar bo‘yicha «Al-G‘avsoniy» nashriyoti (Dar al-G‘avsoniy li ad-dirasat al-qur’aniya) bilan kelishuv asosida chop etilgan.

