O‘z muhabbatini o‘sha muhabbatni unga ato etgan Zot uchun bag‘ishlagan inson ulkan saodat quchadi.
Ushbu buyuk muhabbat hidoyat, iymon, ehson, fazl, rahmat va eng a’lo darajadagi abadiy rohatdan iboratdir.
Ushbu kitobda Alloh taoloning insonga, insonning esa Alloh azza va jallaga hamda o‘zi kabi boshqa insonlarga nisbatan muhabbati, sevgining inson hayotidagi o‘rni, uning shariatga muvofiq va undan og‘ib ketgan hollarda namoyon bo‘lish shakllari haqida so‘z boradi.

