"Qur’on - qalblar shifosi"
(qayta ishlangan to‘rtinchi nashri)
Allohning kalomi Qur’oni karim insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi, qalbini poklaydi, odobini sayqallaydi, ikki dunyo saodatiga erishtiradi.
"Qur’on - qalblar shifosi" nomli ushbu kitobda Qur’on o‘qish, eshitish va tadabbur qilishning fazilatlari bayon etilib, Qur’onni qalbga jo qilish, Allohning Kalomini sevish haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Qur’oni karimni xatm qilish muddatlari, Kalomullohni yod olish usullari, qiroat odoblari, suralarning fazilatlari haqida so‘z boradi. Ulug‘larning Qur’onga bo‘lgan cheksiz muhabbati va yuksak ehtiromi haqida ibratli rivoyatlar keltirilgan. Ushbu asarda Qur’on qalbga shifo ekani, ruhiy xastaliklar Qur’on bilan davolanishi alohida ta’kidlangan. Ma’naviy barkamollik va ruhiy xotirjamlikka erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Ushbu kitob Allohning Kalomiga bo‘lgan e’tiboringizni kuchaytiradi, muhabbatingizni ziyoda qiladi, qalbingizni illatlardan poklaydi, imoningizni mustahkamlaydi, degan umiddamiz.

