Qur'oni Karimning har bir lafzi, iborasi, jumla va oyati hamda ularning ma'nolari ilohiy mo'jizadir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qur'oni Karimni ko'p tilovat qilar edilar. Bu borada ham ummatlariga avvalo o'zlari amaliy o'rnak bo'lganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarning eng saxiyi edilar. U zotning eng saxiyliklari Ramazonda - Jabroil u zot bilan uchrashganda bo'lar edi. Jabroil Ramazonning har tunida u zot bilan uchrashib, Qur'ondan dars qilishardi. Haqiqatan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yaxshilikda shamoldan ham saxiy bo'lib ketar edilar»

