Ushbu asar hozirgi kunda kitoblari va oynayi jahondagi ko‘rsa-tuvlari orqali tajvid ilmi bo‘yicha saboq berib kelayotgan ustoz, doktor Ayman Rushdiy Suvayd (hafizahulloh) qalamiga mansubdir.
Ushbu kitob uslubining osonligi, unda harflarning maxraji va sifati rasmlar yordamida aniq ko‘rsatilgani, misollardagi urg‘u berilgan joylar ranglar ila yoritilib, ba’zi o‘rinlarda jadval asosida keltirilgani bilan boshqa adabiyotlardan ajralib turadi. Shuningdek, avvalgi ulamolar tarafidan yozilgan tajvid kitobla- rining xulosalari o‘rin olgani, bu mavzudagi aksar manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar borligi va bu ilmdagi qoidalarning qisqa va tushunarli berilgani bilan ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiladi. Takdim etilayotgan ushbu tajvid kitobi yurtimizda Qur’on o‘rganish ishtiyoqidagi barcha musulmonlarga dastur sifatida xiz- mat kiladi, inshaalloh.

