• 📚 Yo‘nalish: Diniy-ma’rifiy, tajvid va qiroat ilmi
• NASHR: Orginal sifatli
«Qur’on o‘qitish va yodlash usullari» (yumshoq muqova). To‘ldirilgan yangi nashr
Alloh subhonahu va taoloning kalomi Qur’oni karimni butun fasohati bilan, barcha qonun-qoidalariga rioya etgan holda o‘qishga harakat qilish oliy ilohiy amr. Shunga ko‘ra, har bir mo‘min-musulmon uchun o‘ta mas’uliyatli va savobli bu amal o‘rganuvchidan alohida mehr-ixlosni, zarur darajadagi bilim va mahoratni talab qiladi. Bular esa o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Qur’oni karimni Mus'hafdagidek o‘qishni o‘rgangandan keyin uni yo‘lboshchi, dasturulamal bilib, uning xulqi bilan xulqlanish, oyati karimalari orqali doimo Alloh zikrida bo‘lish uchun imkon qadar yod olish ham juda muhim sanaladi. Bu yo‘lda yuksak diqqat-e’tiborli bo‘lish, sobitqadamlik zarur. Qo‘lingizdagi kitob muallifi ushbu masalalar bobida maslahat va tavsiyalari bilan siz, o‘quvchilarga yordam berish niyatidadir.

