• Charm sumkali
• Ichi sariq qog'ozli
• Ijozasi bor
• Tajvidli
• Skanerda o'qiydi
• 📚 To‘plamda — har bir sura alohida mini-kitobcha ko‘rinishida
• 📖 Arabcha matn + o‘qish uchun qulay shrift
• 🎁 Ramazon, Qurbon hayiti va boshqa bayramlar uchun sovg‘aga mos
• 📦 Kichik format — yo‘lga, masjidga yoki xaj va umra safarlarga olib yurish oson
• 🔹 “Bir sura — bir kitob” formati diqqatni jamlashga va tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi
Qur'oni Karim Alloh taolo tushirgan kitoblarning oxirgisidir, bu Kitob tushirilgan payg'ambar esa, payg'ambarlarning xotami, ya'ni oxirgisidir. U zot da'vat qilgan din xam dinlarning oxirgisidir. Bu Kitob eng katta, abadiy mo'jizadir, yetuk hujjatdir. Alloh u bilan musulmonlarni aziz qiladi. Ularga agar shu Kitobni mahkam tutsalar, dunyo va oxirat saodatini va’da qildi. Olimlar uni o'rganishga, yodlashga, saqlashga, tafsir qilishga katta e'tibor berishgan. U ummatning oldingilariyu keyingilarining asosiy e'tiborida bo'lgan. Hech bir kitob Quroni Karimga berilgan e'tiborga musharraf bo'lgan emas. Ulamolar Quron ilmlari, masalalari bo'yicha qimmatli kitoblar, asarlar yozishgan. Uning tafsiri, rasmi, qiroati, to'planishi, yozilishi, nosix va mansuxi, nozil bo'lish sabablari, mo'jizaligi, majozi, misollari, fazilatlari, qiyin so'zlarining ma'nolari, oyat va suralarining o'zaro bogliqligi kabi mavzularda alohida kitoblar yozilgan.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Temirga suv tegsa zanglaydi. Xuddi shunga o'xshab qalblar-ni ham zang bosadi", - dedilar. Shunda: "E Rasululloh, uning jilosi nima ?", - deb so'raldi. U zot:"O'limni ko'p eslash, Qur'on o'qish", - deya marhamat qildilar" (Bayhaqiy rivoyati).
Noyob Qur’on nashri — har bir sura alohida kitobcha sifatida taqdim etiladi!
Quyidagi kishilar uchun juda qulay:
✔️ Suralarni yod olishni istaganlar
✔️ Qur’onni bo‘lib-bo‘lib o‘rganayotganlar
✔️ Bolalar va kattalar uchun sovg‘a sifatida izlayotganlar

