• Sarimsoqning qo'lda tozalangan mahalliy navlari vitaminlarni saqlagan holda past haroratda quritiladi, keyin maydalab yanchib poroshok kukuniga aylantiriladi. O’ziga xos xushbo'y hidga ega. Turli xil taomlarni tayyorlashda ziravor sifatida juda mos keladi
Quritilgan sarimsoq — bu Piyozsimon o’simliklar oilasiga mansub bir xil nomdagi ko'p yillik o'simlikning quritilgan va yanchilgan ildizi. O’simlikning vatani — O’rta Osiyo. Qadim zamonlardan beri uni ajoyib sifatga ega ta'mi va organizmga ta’sir etuvchi shifobaxsh xususiyati uchun qadrlanganlar. Misrliklar ayrim kasalliklarni davolash uchun quritilgan sarimsoq asosida 22 ta dori preparatlarini tayyorlaganlarini tasdiqlovchi qo'lyozma manbalari mavjud. Bugungi kunda u asosan ziravor sifatida qo’llaniladi. Uni butun dunyo bo'ylab turli xil taomlar retseptlariga qo'shadilar. Bizning mamlakatimizda sarimsoqni yangi uzilgan va quruq holda juda yaxshi ko'radilar, biroq o'simlikni iste'mol qilish bo'yicha biz jahon yetakchilaridan yiroqdamiz - Italiya, Xitoy va Koreya aholisining har biri kuniga 8-12 dona sarimsoq tishchasini iste'mol qiladilar.

