• A5, 256 sahifa, yumshoq muqova
• Tarjimon: Mohina Nursaidova
Qurbon Said shaxsi uning kitoblari kabi jumboqlarga
to‘la. Ushbu taxallus ostida yashiringan muallifning asl
ismi sharifi hozirgacha bahs-munozaralarni keltirib
chiqaradi. “Ali va Nino” romani tarixi ham sirli: 1937
yilda ilk bor chop etilgan mazkur kitob 1970 yilgacha
butkul unutilgandi. Birvarakayiga Amerika bilan
Angliyada bosib chiqarilgandan keyin uning qahramonlari
kitob do‘konlari peshtaxtalariga g‘olibona tarzda
qaytib, yigirmanchi asrning eng mashhur sevishganlari
sifatida nom qozondilar.
Bugungi kunda ushbu roman o‘ttiz uch tilga tarjima
qilingan, asar asosida filmlar suratga olingan.
Batumida esa uning qahramonlariga atab haykal o‘rnatilgan. Tarixning dolg‘ali voqealari asosida musulmon
yigit Ali bilan nasroniy qiz Ninoning muhabbati
haqidagi qissa hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi.

