Qozoqboy Yo‘ldosh
AZIM SUYUN
Kitobning kirish qismida Qozoqboy Yo‘ldosh shunday yozadi:
“Men Azim Suyun bilan ko‘p yo‘l yurganman: safar ma’nosida ham, suhbatdosh ma’nosida ham, kitoblari, ya’ni shoirning o‘zligi bilan qayta-qayta tanishish ma’nosida ham. U bilan safar qilganim sayin shaxsiyati va ijodining ochilmagan qirralari tobora ko‘payib borayotganligini payqaganday bo‘ldim. Shoirning oldin ilg‘anmagan qay bir jihatlari xayoliy va haqiqiy yo‘l asnosida kashf qilindi. O‘zim qilgan kashfiyotlarni Siz, muhtaram tanish-notanish o‘qirmanlarga ham ilingim keldi. Ushbu kitob yo‘ldoshning yo‘l odami haqidagi fikr-tuyg‘ulari ifodasi o‘laroq dunyoga keldi. Keling, aziz o‘qirman, bir shoir yurtdoshimizning ko‘ngil mulki va ijod olamiga birgalikda safar qilaylik. Yo‘limiz tekis bo‘lg‘ay!”
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.

