Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning «Qo'zichoqlar sukunati»
o'tkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy
psixologik triller janriga oid mazkur kitob o'n sakkiz yoshdan oshgan
kitobxonlarga mo'ljallangan.
Voqealar rivoji o'quvchiga yovuz jinoyatchilarning ichki olami,
qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir et-
gan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz
Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari,
umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari
oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi? Kasbi tikuvchi bo'lgan qotil
erkak nega faqat aynan ayollarni qurbon sifatida tanladi? Kursant qiz-
ning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy ola-
mi og'riqlaridan meros tun zulmatidagi qo'zichoqlarning zorlanib
ma'rashi barham toparmikan?
-
Asarning shiddatli, qo'rqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli
mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.

