Tutganing sayin og'irlashasan, qo'yib yuborganing sayin yengil-
lashasan.
Hayotingizda doimo nimadandir kamchilik sezasizmi? Ruhiy,
jismoniy va ma'naviy to'siqlar bilan o'ralgan doiradan chiqish uchun
izlayotgan javoblaringiz aslida ichingizda yashiringan.
Ushbu kitob sizning chakralaringiz yo'l-yo'rig'ida energiyani
yana harakatga keltirishni, o'tmish yuklaridan xalos bo'lishni va
haqiqiy o'zingizga qaytishni hikoya qiladi. Iplarni birlashtirib to-
qilgan kabi yig'ilgan tajribalar va o'rgatuvchi ma'lumotlarga boy bu
qo'llanma sizga o'z haqiqatlaringizni sevgi va donolik bilan qayta
yaratish qudratini qo'lga olish uchun yo'l xaritasini taqdim etadi.
Ruhiy o'zgarish, jismoniy ozodlik va aqliy tiniqlik sari boshlana-
digan bu safar sizga hayotingizni qaytadan shakllantirish jasoratini
beradi. "Qo'yib yubor" asari avvalo o'zingizdan boshlagan holda
dunyoingizni o'zgartirish eshiklarini ochadi.
Sevgi va erkinlikka tayyormisiz?
Agar shunday bo'lsa, bu kitob siz bilan so'zlashishni kutmoqda...

