VECTOR jun qirqish mashinkasi — mavsumiy jun qirqish ishlarida og'ir va ko'p vaqt talab qiladigan jarayonni yengillashtirish uchun eng ideal va zamonaviy yechimdir. Ushbu apparat yordamida bir kunda o'nlarcha hayvonlarning junini tez, qulay va hayvonga ortiqcha stress bermagan holda qirqib olish mumkin.
- Mustahkam metall reduktor va kalak: Mashinkaning old qismi quyma metalldan ishlangan bo'lib, yuklama ostida ham yeyilib ketmaydi hamda pichoqlarning doimiy aniq harakatlanishini ta'minlaydi.
- Pichoqlar bosimini aniq sozlash: Kalakning yuqori qismida joylashgan qora aylanma murvat (vint) yordamida pichoqlarning bir-biriga jipslik darajasini oson sozlash mumkin. Bu qalin va zich junlarni ham qiynalmay kesish imkonini beradi.