Yuqori pigmentatsiyaga ega yaltiroq tenlar tarkibida talk mavjud emas, shu sababli ular birinchi surtilgandanoq bir tekis va to‘yingan tarzda yotadi. Tenlar hashamatli effekt, professional darajadagi chidamlilik beradi, oson tarqaladi va zarurat tug‘ilganda ikki-uch marta ustma-ust qo‘llash mumkin.
PEARL teksturasidagi tenlar silliq yaltirash hosil qilib, ko‘z pardozida nafis urg‘u yaratadi. Ular oson surtiladi, bemalol tarqaladi va qovoq terisidagi notekisliklarni chiroyli tarzda yumshatadi.
Siz o‘zingizning mualliflik paletkangizni xohlagancha ranglardan tuzishingiz mumkin. Bizda 1 tadan 40 tagacha rang sig‘adigan paletkalar mavjud! Siz katta hajmdagi paletkani sotib olib, asta-sekin uni refillar (tenlar) bilan to‘ldirishingiz mumkin — kayfiyatga yoki ehtiyojga qarab. Faqat siz yoqtirgan ranglarni tanlang va butun palitraning go‘zalligidan bahramand bo‘ling!
Freedom System — bu erkin tanlov va ongli iste’mol tizimi. Paletkalar ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan. Mahsulot tugagach, siz faqat refil xarid qilasiz va ortiqcha qadoqqa pul sarflamaysiz.

