Ushbu ten paletkasi har qanday ko'rinish va kayfiyatga mos keladigan mukammal makiyaj yaratish uchun mo'ljallangan. Unda kundalik tabiiy ko'rinish uchun ham, kechki va bayramona pardoz uchun ham mos keladigan mat hamda jilodor (shimmer) ranglar jamlangan.
Asosiy afzalliklari:
- Ranglar xilma-xilligi: Bitta paletkada ham matoviy, ham yarqiraydigan jiloli ranglar to'plangan.
- Yuqori pigmentatsiya: Ranglar teriga yorqin va tekis suriladi, uvalanib ketmaydi hamda kun davomida o'z jilosini saqlab qoladi.
- Oson aralashish: Ranglarni bir-biri bilan silliq uyg'unlashtirish va chiroyli soya berish juda qulay.
- Ixcham va qulay korpus: Uyda ishlatish hamda yonida olib yurish uchun juda qulay shaklda ishlangan.
Qo'llash usuli:
- Qovoq terisiga ten asosini yoki konsiler surting.
- Och mat ranglarni ko'z qovog'ining asosiy qismiga surting.
- To'qroq ranglar bilan ko'z burchaklarini urg'ulrang va jiloli ranglar orqali makiyajga jilo bering.
G'ozallik va pardoz shayдоlari uchun har kuni ishlatishga mos keladigan ajoyib tanlov!