TimeWise mo‘jizaviy to‘plami teri parvarishi va o‘ziga g‘amxo‘rlikni uyg‘unlashtirib, terining imkon qadar uzoq vaqt yaxshi ko‘rinishiga yordam beradi. Atigi 4 ta oddiy bosqich kun davomida terining muhim ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlaydi va tunda uning o‘ziga xos tiklanish jarayonlariga yordam beradi. Namlantiruvchi kompleks esa kuniga ikki marta — ertalab va kechqurun qo‘llanadi.
Siz nafaqat qisqa muddat ichida ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarni, balki terining go‘zalligi va sog‘lom ko‘rinishini uzoq muddat davomida saqlashga yordam beradigan ta’sirni ham qadrlaysiz. Ushbu parvarish tizimi terining yildan-yilga yaxshi ko‘rinishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Teri o‘zini himoya qilish va shikastlanishlardan so‘ng tiklanishga yordam beradigan tabiiy himoya xususiyatlariga ega. Biroq kundan-kunga teri atrof-muhitning turli stress omillari ta’siriga uchraydi. Ular terining himoya xususiyatlarini zaiflashtirib, qarish belgilarining muddatidan oldin paydo bo‘lishini tezlashtirishi mumkin.
TimeWise mo‘jizaviy to‘plami bilan teringiz ertalab va kechqurun kerakli yordamni olayotganini bilgan holda, o‘zingizni yanada ishonchli his qilishingiz mumkin. Bu terining muddatidan oldin emas, balki tabiiy sur’atda qarishiga yordam beradi.
To‘rt bosqichli parvarish tizimi terining tabiiy fiziologik xususiyatlarini mustahkamlashga va uning imkon qadar uzoq vaqt jozibali ko‘rinishiga yordam beradi.
• Terini ultrabinafsha nurlar, ko‘k yorug‘lik va atrof-muhit ifloslanishi kabi tashqi stress omillaridan himoya qilishga yordam beradi.
• Teri salomatligini uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydi.
• Foydalanishning ikkinchi haftasidan boshlab terining muddatidan oldin qarish belgilarini kamaytirishga yordam beradi.
• Har bir mahsulot tarkibida puxta ishlab chiqilgan va patentlangan TimeWise 3D kompleksi mavjud.
• Barcha mahsulotlarda TimeWise 3D kompleksi mavjud bo‘lsa-da, ularning har biri teriga o‘ziga xos foyda beradi.
Kundalik teri parvarishining ajralmas qismi hisoblanadi. Terini atrof-muhitning zararli ta’siridan himoya qilishga, muddatidan oldin qarish belgilarining ko‘rinishini kamaytirishga hamda UVA va UVB nurlaridan saqlashga yordam beradi.
Kun davomida kamayib ketgan zarur moddalarni terining tabiiy ravishda qayta to‘ldirish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada teri dam olgandek va yangilangandek ko‘rinadi, mayda chiziqlar hamda ajinlar silliqlashadi.
Tarkibidagi moychechak ekstrakti terini tinchlantirishga va unga yumshoqlik baxsh etishga yordam beradigan samarali tungi komponent hisoblanadi.
Yog‘siz va tez singadigan teksturasi tufayli terini 12 soat davomida namlantirishga yordam beradi. Yengil formulasi kunduzgi va kechki parvarishga mos bo‘lib, yuz va bo‘yin terisiga yuqori samarali TimeWise 3D kompleksining qo‘shimcha miqdorini yetkazib beradi.
Sog‘lom va chiroyli teriga erishish yo‘lidagi muhim birinchi bosqich hisoblanadi. Terini tozalaydi, muloyim eksfoliatsiya qiladi va keyingi parvarish bosqichlariga tayyorlaydi.
Asosiy to‘plamni to‘ldirib, ko‘z atrofidagi terida ko‘rinadigan qarish va charchoq belgilarini kamaytirishga yordam beradi. Bu nozik soha alohida e’tiborni talab qiladi.
Kunduzgi parvarish bosqichlari
Kaftingizga taxminan tanga kattaligida TimeWise tozalovchi vositasini siqib oling. Uni ko‘z atrofiga tekkizmasdan, nam yuz va bo‘yin terisiga surting hamda yengil massaj harakatlari bilan taqsimlang.
Vosita biroz ko‘piradi. So‘ng uni suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Kaftingizga taxminan o‘rtacha tanga kattaligida TimeWise antioksidantli namlantiruvchi kremni siqib oling.
Kremni yuz terisiga massaj chiziqlari bo‘ylab, yengil va ehtiyotkor massaj harakatlari bilan surting.
Kaftingizga TimeWise kunduzgi himoya vositasidan taxminan dispenserni 6 marta bosish miqdorida oling.
Vosita yuz terisiga yengil qoqib singdiruvchi harakatlar bilan surtiladi.
Barmoq uchiga kichik no‘xat donasidek TimeWise ko‘z atrofi kremini oling.
Uni ko‘z osti terisiga, ko‘z kosasi suyagi bo‘ylab va ko‘z usti qismiga yengil qoqib singdiruvchi harakatlar bilan surting.
Tungi parvarish bosqichlari
Kaftingizga taxminan tanga kattaligida TimeWise tozalovchi vositasini siqib oling. Uni ko‘z atrofiga tekkizmasdan, nam yuz va bo‘yin terisiga surting hamda yengil massaj qiling.
Vosita biroz ko‘piradi. So‘ng uni suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Kaftingizga TimeWise tungi tiklovchi vositasidan taxminan dispenserni 6 marta bosish miqdorida oling.
Vosita yuz terisiga yengil massaj harakatlari bilan bir tekis surtiladi.
Kaftingizga taxminan o‘rtacha tanga kattaligida TimeWise antioksidantli namlantiruvchi kremni siqib oling.
Kremni yuz terisiga massaj chiziqlari bo‘ylab, yengil va ehtiyotkor massaj harakatlari bilan surting.
Barmoq uchiga kichik no‘xat donasidek TimeWise ko‘z atrofi kremini oling.
Uni ko‘z osti terisiga, ko‘z kosasi suyagi bo‘ylab va ko‘z usti qismiga yengil qoqib singdiruvchi harakatlar bilan surting.

