Tavsif:Bronsun professional to'plami qoshlarning tabiiy tuklarini yumshoq va samarali ochartirish (rangini ochish) uchun mo'ljallangan. U qoshlarni ochroq ranglarga boyashdan oldin, qattiq tuklarni yumshatish yoki tuklarni yulmasdan turib qosh shakliga vizual tuzatish kiritish uchun ishlatiladi.Asosiy xususiyatlari:Ochartirish darajasi: Tabiiy rangdan 5 tongacha ochartirish imkoniyati.Natija: Keraksiz sarg'ishliklarsiz toza va tekis fon.To'plamdagi oksidant: Maxsus 3% li kremli oksidant.Ta'sir qilish vaqti: 3 daqiqadan 12 daqiqagacha (tukning qalinligi va kutilayotgan rangga bog'liq).Aralashtirish proporsiyasi: Kukun va oksidant 1:1 nisbatda aralashtiriladi.Cheklov: Faqat professional foydalanish uchun mo'ljallangan. Kipriklar uchun ishlatish qat'iyan man etiladi.
⚠️ MIJOZLAR DIQQATIGA! Qoshlarni ochartirish bo‘yicha muhim ogohlantirish ⚠️Aziz mijozlar! Oxirgi paytlarda qoshlar rangini ochartirish (bleaching) urfga kirdi. Shu sababli sizni jiddiy xatolardan ogohlantirmoqchimiz:Uy sharoitida foydalanish MUMKIN EMAS! Ushbu Bronsun Eyebrow Bleaching Kit to‘plami faqatgina professionallar (masterlar) uchun ishlab chiqarilgan. Tarkibni tayyorlash zargarlik aniqligini talab qiladi.Tuklar va terini kuydirish xavfi bor. Aralashma nisbatini noto‘g‘ri olish yoki qoshda bor-yo‘g‘i 1–2 daqiqa ko‘proq ushlab turish qosh tukini butunlay kuydirishi, to‘kib yuborishi yoki terida kimyoviy kuyish jarohatini qoldirishi mumkin.Kutilmagan rang. Koloristika qoidalarini bilmay turib bu ishga qo‘l urilsa, chiroyli och rang o‘rniga yorqin olovrang (rizhiy), sarg‘ish yoki ola-bula qoshlarga ega bo‘lib qolish hech gap emas.Kipriklar uchun qat'iyan taqiqlanadi! Bu vosita faqat va faqat qoshlar uchun. Uni kipriklarga surtish yoki ko‘zga tushirib yuborish ko‘rish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazadi.Qoshlaringizni faqat professionallarga ishoning! Kuydirilgan qoshlarni oylab davolashga majbur bo‘lmaslik uchun uyda tajribalar o‘tkazmang. Sizni xavfsiz va go‘zal muolajalar uchun kutib qolamiz!

