ESTRADE FIXING BROW SOAP — qoshlarni chiroyli shakllantirish va ishonchli mahkamlash uchun gel-sovun. Vosita qosh tolalarini tartibga keltirish, kerakli shakl berish hamda laminatsiyalash effektini yaratishga yordam beradi.
Qosh uchun gel-sovun itoatsiz qosh tolalarini tartibga keltirish va kerakli tomonga yotqizishga yordam beradi. Qosh shaklini ajratib ko‘rsatadi, vizual hajm beradi va tabiiy ko‘rinishni saqlaydi. Kundalik makiyaj, tabiiy ko'rinish va laminatsiya effektini yoqtiradiganlar uchun juda mos.
FIXING BROW SOAP tez quriydi va to‘liq quriganidan keyin qoshda yopishqoqlik sezilmaydi. Yupqa qatlamda surtilganida vosita teng va shaffof taqsimlanadi hamda oq iz qoldirmaydi. Qosh tolalarini bir-biriga yopishtirib qo‘ymagani sababli qoshlar tabiiy va ozoda ko‘rinadi.
Vosita foydalanishga tayyor — cho‘tkani suv bilan namlash shart emas. Qoshlarni shakllantirish uchun oz miqdordagi gel-sovun yetarli. Eng yaxshi natija uchun cho‘tkadagi ortiqcha vositani olib tashlang, qosh tolalarini yuqoriga qarab tarang, kerakli shaklni bering va to‘liq qurishini kuting.
Qalin, qattiq yoki itoatsiz qosh tolalarida natija soch tuzilishiga qarab farq qilishi mumkin. Kuchliroq mahkamlash uchun vositani bir yo'la ko‘p surtish o‘rniga, yupqa qatlamlarda bosqichma-bosqich surtish tavsiya etiladi.
ESTRADE FIXING BROW SOAP afzalliklari:
• qoshlarni tartibga keltirishga yordam beradi;
• ishonchli fiksatsiya;
• laminatsiyalangan qoshlar effekti;
• qoshga chiroyli va ozoda shakl beradi;
• vizual hajm bag'ishlaydi;
• qosh shaklini ajratib ko‘rsatadi;
• tabiiy natija;
• tez quriydi;
• yupqa qatlamda oq iz qoldirmaydi;
• to‘liq quriganidan keyin yopishqoqlik sezilmaydi;
• qosh tolalarini yopishtirib qo‘ymaydi;
• cho‘tkani namlash talab qilinmaydi;
• kundalik foydalanish uchun qulay;
• tez va oson shakllantirish.

