My Note Cosmetique Brow Master Wax — Qoshlarni modellashtiruvchi va mustahkamlovchi mum
Kun davomida tabiiy, tartibli va laminatsiya effektidagi qoshlarga ega bo‘ling! My Note Cosmetique Brow Master Wax eng qaysar va qalin qosh tolalarini ham osonlikcha bo‘ysundirib, ularga kerakli shaklni beradi va kun bo‘yi mustahkam ushlab turadi.
Afzalliklari:
Kuchli fiksatsiya: Qoshlarni og‘irlashtirmasdan va yopishtirmasdan 24 soatgacha shaklini saqlaydi.
Laminatsiya effekti: Salon muolajalarisiz uy sharoitida qoshlarga hajm va taralgan ko‘rinish beradi.
Oq iz qoldirmaydi: Yengil teksturasi tufayli qoshlarda oqish qoldiq yoki yaltiroq plyonka hosil qilmaydi.
Qulay to‘plam: Qutida mum solingan ixcham shisha idishcha va surtish uchun maxsus cho‘tka (shchyotka) mavjud.

