Shirinliklaringiz uchun mukammal va qulay qadoq! Ushbu ixcham va shaffof plastik idish shirinliklar, pudinglar, yogurtlar va jelelarni chiroyli taqdim etish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shaffof dizayni mahsulotingizning jozibadorligini oshirib, ichidagi shirinlik qatlamlarini yaqqol ko'rsatib turadi.
Qadoqning eng katta qulayliklaridan biri — uning qopqog'iga maxsus joylashtirilgan mini-qoshiqchadir! Endi mijozlaringiz qayerda bo'lishidan qat'i nazar, shirinlikni bemalol tanovul qilishlari mumkin. To'y-hashamlar, tug'ilgan kunlar, kafelar va shirinliklar yetkazib berish xizmatlari uchun yahshi tanlov!
Asosiy xususiyatlari:
O'lchamlari: Yuqori diametri - 8.5 sm, Asos diametri - 6.5 sm, Umumiy balandligi (qopqoq bilan) - 7.5 sm.
Qulaylik: Qopqoqqa biriktirilgan maxsus 7.5 sm uzunlikdagi qoshiqcha.
Ishonchli himoya: Qopqoq mahkam yopiladi, bu esa shirinlikning yangiligini saqlaydi va to'kilib ketishidan asraydi.
Shaffof va ko'rkam: Mahsulotning ko'rinishini 100% ochib beruvchi tiniq plastik dizayn.
Amaliy: Yengil, mustahkam va tashish uchun juda qulay.

