• Kitob nomi: Qo‘shimcha dars: Tasodifiy ixtirolar
• Janr: Ilmiy-ommabop, bolalar uchun
• Yo‘nalish: Tarix, ixtirolar va kashfiyotlar
• Til: O‘zbek tili
• Mo‘ljallangan: Bolalar va o‘smirlar
• Muqova: Yumshoq
Litrni kim topganini bilasizmi?
Plastmassa qanday kashf etilgan?
Ko‘zgu qayerdan paydo bo‘lgan?
Konservalash qachon boshlangan?
Mikrofonni kim ixtiro qilgan?
Gugurt qanday yaratilgan?
Familiyalar qanday paydo bo‘lganini bilasizmi?
Bu kabi savollar bolalarda doimo qiziqish uyg‘otadi. Agar farzandingizning shunday savollariga sodda va tushunarli javob berishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, siz uchun ayni muddao bo‘lgan kitob — “Tasodifiy ixtirolar”.
Kitobda 70 ga yaqin qiziqarli ixtirolar va kashfiyotlarning tarixi oddiy va ravon tilda bayon etilgan. Uni bolalar bilan birga o‘qishingiz mumkin — zerikmaysiz, balki o‘zingiz ham ko‘p yangi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

