BROW LAMINATOR hatto tartibga kelishi qiyin bo‘lgan qosh tuklarini tezda shakllantirib, zamonaviy laminatsiya effektini yaratadi va 24 soatgacha kuchli fiksatsiyani ta’minlaydi. Qisqa va qayishqoq tukli ingichka cho‘tka gelni me’yorida olib, bir tekis taqsimlaydi hamda qoshga kerakli shakl berishga yordam beradi.
Shaffof gel qoshlarni yopishtirib qo‘ymaydi, og‘irlik va noqulay yopishqoqlik hissini bermaydi. Tez quriydi hamda oq iz qoldirmaydi. Suvga chidamli formulasi yuqori namlikda va suv bilan qisqa muddatli kontaktda ham qosh shaklini saqlashga yordam beradi.
Tarkibidagi D-pantenol va glitserin qosh tuklarini namlantirish, yumshoqlik va silliqlik berishga ko‘maklashadi. Uyda hamda professional makiyajda foydalanish uchun mos.
Qo‘llash usuli: gelni cho‘tka yordamida qosh tuklarining o‘sish yo‘nalishi bo‘ylab surting va qoshlarga kerakli shakl bering. Quriganidan keyin qoshlarni ushlamaslik tavsiya etiladi.

