Ug’ur Qo’sharning "Qo'rqmanglar, albatta men sizlar bilanman” nomli ushbu diniy-marifiy kitobi inson ruxiga sukunat va qalbiga yorug’lik baxsh etuvchi marifiy kitobdir. Muallif bu kitobda insonning hayotda uchraydigan qiyinchilik va qo’rquvlarini iloyhiy ishonch orqali yengish mumkinligini tushuntiradi. Qur’on oyatlari va hadislar bilan sug’orilgan har bir sahifa Allohning rahmati, yordami va muhabbati haqida xotirjamlik baxsh etadi.

