«Qora oqqush» — amerikalik publitsist va tadqiqotchi Nassim Nikolas Talebning kam uchraydigan, oldindan aytib bo‘lmaydigan va katta ta’sirga ega voqealar haqidagi asaridir. Muallif insonlarning kelajakni bashorat qilishdagi cheklangan imkoniyatlarini hamda sodir bo‘lgan voqealarni keyinchalik oddiy sabablar bilan izohlashga moyilligini tahlil qiladi. Taleb «qora oqqush» tushunchasi orqali kam uchraydigan va kutilmagan hodisalar iqtisodiyot, jamiyat va inson hayotiga qanday katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tushuntiradi.

