Aleksandr Dyumaning "Qora lola" romani XVII asr Gollandivasida
kechgan tarixiy-siyosiy jarayonlar fonida yozilgan boʻlib, muallifning
tarixiy roman janridagi muhim asarlaridan biri sanaladi. Unda resl
shaxslar va voqealar badiiy syujet bilan uygʻunlashtiriladi. Markaziy
g'oya mutlaq qora lolani yetishtirish orzusi insonning mukammallikka
intilishi, ma'naviy sobitligi va ichki erkinligining ramziy ifodasidir.
Roman siyosiy fitnalar, adolatsizlik va hokimiyat uchun kurash foni-
da shaxsiy vijdon, sadogat va hasad kabi insoniy sifatlarni tahlil qiladi.
Dyuma romantik uslub orgali tarixni nafaqat voqealar ketma-ketligi si-
fatida, balki axloqiy tanlovlar maydoni sifatida talqin etadi. "Qora lola"
ilmiy adabiyotlarda gumanistik g'oyalari, ramziy qatlamlari va tarixiy
haqiqat bilan badiy to'qimaning muvaffaqiyatli uyg 'unligi sifatida e'ti-
rof etiladi.

