• Yumshoq muqova
• Sahifalar soni: 352
«Qora ko‘zlar» olis qishloq va undagi orqada qolgan xo‘jalik hayotini roman ko‘zgusiga solib ko‘rsatdi. Asar boshdan-oyoq oddiy, zahmatkash mehnat ahliga, har qanday mushkul vaziyatlarda ham insoniy fazilatlarini saqlab qololgan asl insonlarga chuqur hurmat, hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan. Yozuvchi xuddi o‘sha qora ko‘zlar - jafokash kishilar boshiga tushgan kulfatlar uchun chin dildan qayg‘uradi, taqdirini chigallashtirgan hayotiy-maʼnaviy omillar ustida teran mushohada yuritadi.
Roman voqealari yuz bergan makon - Oydinko‘l eskicha tushunchalar, qoloq odatlar taʼsiri doirasida xiyla keng yoritiladi. Yozuvchi bu romanida maishiy hayot ikir-chikirlarining chuqur bilimdoni ekanini ham o‘quvchi bir qarashda anglaydi.

