• 100 g
O‘tkir, brutal, erkak ulun. Quritilgan ko‘rinishda xushbo‘y ziravorlar va kuydirilgan shakar hidini yaqqol his qilish mumkin. Choy damlamasining esa bo‘yi yanada kuchli, unda ziravorlar va nordon reza mevalar ta’mi bilan tutun-yog‘och notalari ustunlik qiladi. Ta’mi boy, chuqur, biroz nordon. Ushbu choy ancha kamyob bo‘lib, biroz darajada eksklyuziv ham hisoblanadi, hatto Xitoyning ichki choy bozorida ham uni kamdan-kam hollarda uchratish mumkin.
Bu choy o‘zining klassik “birodardari”ga mutlaqo o‘xshamaydi. Unda hammasi o‘zgacha. Ta’mi va bo‘yi bilan qora Teguanin ko‘proq qoyatoshlarda o‘sadigan to‘q rangli ulunlarga o‘xshaydi, unda faqat biroz afsonaviy original Teguanin choyi bilan yaqinlik kuzatiladi, xolos. Uni nordon, quyuq, chuqur, olov va tutun aralash hidi uchun erkaklar choyi deyish mumkin.
Damlamasining rangi klassik Teguaninga qaraganda to‘qroq bo‘lib, qahrabo rangiga yaqin. Choy ishlash va diqqat-e’tiborni jamlash qobiliyatini oshiradi, qon bosimini barqarorlashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, muntazam ravishda iste’mol qilinganida, vaznni kamaytirishga ko‘maklashadi.

