Qor uchquni shaklidagi stakan tagliklari to‘plami stol ustiga stakan, krujka yoki finjon qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Foydalanilmayotganda tagliklar tutqichga tik holda joylashtiriladi. Komplekt tarkibi: — Stakan tagligi — 6 dona (6 xil naqsh) — Tutqich — 1 dona Xususiyatlari: — Har bir taglik qor uchquni shaklida, naqshlari bir-biridan farq qiladi — Tutqichda 6 ta alohida uya bor — Tagliklar rangi: oq — Tutqich rangi: jigarrang

