Adabiyot maydoniga shiddat bilan kirib kelgan yosh yozuvchi Davron Sultonovning navbatdagi ijod namunasi "Qor odam xazinasi" sarguzasht asarini qo‘lga olib o‘qiy boshlarkansiz, muallifning taxayyul olami, unda bayon etilgan voqealarga sho‘ng‘ib ketib, beixtiyor yuzaga kelgan savollaringizga javob topish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Inglizlar mustamlakasi ostida bo‘lgan Hindistonning qorli cho‘qqilarida yashiringan xazinani topish uchun yo‘l olgan ekspeditsiya ishtirokchilarining o‘zaro munosabati, ularning qismati, qor odam qo‘riqlayotgan qimmatbaho tumor sinoatlari, shunday og‘ir sharoitlarda yosh yigit bilan qiz orasida paydo bo‘lgan chin muhabbat tuyg‘ulari kitobxonning qiziqishini yana-da orttiradi.
Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
ISBN : 978-9943-7667-7-8
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 288
Chop etilgan yili : 2021
Nashriyot : Factor Books
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha

