Jahon ertaknavisligining eng yorqin va sehrli namunasi — Xans Kristian Andersen qalamiga mansub afsonaviy "Qor malikasi" ertak-qissasi! Ushbu o‘lmas asar yuz yillardan buyon butun dunyo bolajonlarining eng sevimli qishki ertagi hisoblanadi.
"Adabiyot uchqunlari" nashriyoti tomonidan lotin alifbosida chop etilgan ushbu kitob kichkina, ammo jasoratli qizcha Gerda va uning Qor malikasi tomonidan muzlatib olib ketilgan qadrdon do‘sti Kay haqida hikoya qiladi. Gerda do‘stini qutqarish yo‘lida cheksiz muzliklar va xavfli to‘siqlarni yengib o‘tadi. Asar bolajonlarga chinakam do‘stlik, sadoqat, fidoyilik va samimiy mehr-muhabbat har qanday muzlagan qalbni erita olishi hamda yovuzlik ustidan doimo g‘alaba qozonishini o‘rgatadi.

