• Tuzuvchi: Baxtiyor Komiljonov
• Sahifalar soni: 272
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil
• Muqova: yumshoq
Qo‘llanma jami 17 ta qonunchilik hujjatini o‘z ichiga oladi. Unda qonunchilik hujjatlaridagi moddalar to‘liq keltirilgan bo‘lib, imtihonga tayyorgarlik jarayonida kamroq ahamiyatga ega deb hisoblangan moddalar alohida belgi bilan ajratib ko‘rsatilgan.
Qo‘llanmadagi moddalar mazmunan o‘rganilib, imtihonga tayyorgarlik jarayonida alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jumlalar, tushunchalar va huquqiy qoidalar qora harflar bilan ajratib ko‘rsatildi. Bu o‘quvchilarga asosiy ma’lumotlarni tez ilg‘ash, ularni eslab qolish va takrorlash jarayonini osonlashtirishga yordam beradi.
Tavsiya: Avvalo, moddaning to‘liq mazmunini diqqat bilan o‘qing. So‘ng qora harflar bilan ajratilgan qismlarga alohida e’tibor qarating va ularni takrorlash orqali mustahkamlang. Bunda faqat ajratib ko‘rsatilgan jumlalarni emas, balki ularning umumiy mazmuni va boshqa qoidalar bilan bog‘liqligini ham tushunishga harakat qiling.
Yodda tuting: Qora harflar bilan ajratilgan qismlar o‘rganishni yengillashtirish uchun berilgan bo‘lib, ular moddaning qolgan qismlarini o‘qish va tushunish zaruratini bekor qilmaydi.
Qo‘llanma Sizga qonunchilikni tizimli o‘rganish, bilimlaringizni mustahkamlash va imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi, degan umiddamiz

