Roman voqealari 1940-yillar oxiridan 1980-yillargacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Asarda bosh qahramon, ipak fabrikasida ishlovchi Xu Sanguan tirikchilik va oilasi uchun bor kuchi bilan kurashadi. Uning hayoti orqali inson qadri, oilaviy munosabatlar va hayot uchun kurash mavzulari yoritiladi.
Muallif ushbu asarida XX asr xitoy jamiyatining ogʻriqli davri Madaniy inqilob yillaridagi oddiy inson taqdiri orqali butun jamiyat manzarasini ochib beradi.

