Romanning bosh qahramoni ipak fabrikasining oddiy ishchisi Syuy Sanguan. Oilasini boqish va hayotning og‘ir sharoitlarini yengish uchun u ko‘p yillar davomida qon topshiradi. Uning taqdiri orqali Yuy Xua XX asr Xitoy tarixining murakkab davrlari, jumladan, "Katta sakrash" va Madaniy inqilob fonida oddiy odamning hayotini ko‘rsatadi. Asarning asosiy mavzulari — oila, inson qadri, qashshoqlik, fidoyilik va hayot uchun kurash.

