TOLSEN — bu ishonchlilik, qulaylik va uzoq xizmat muddati uchun yaratilgan professional darajadagi asboblardir.
TOLSEN 60 sm kuchaytirilgan universal qo‘l plitkokesuvchi — bu professional darajadagi asbob bo‘lib, 0°–60° oralig‘ida to‘g‘ri va burchak ostida plitka kesish uchun mo‘ljallangan. Keramika, kafel va kерамogranit plitkalarni qalinligi 1,2 sm gacha bo‘lgan holda aniq va silliq kesadi.
Asbobning konstruksiyasi mustahkam materiallardan tayyorlangan bo‘lib, uzoq xizmat muddati va ish jarayonida barqarorlikni ta’minlaydi. Alyuminiy qotishmasidan yasalgan kesish mexanizmi podshipnikli aravachasi bilan birgalikda yumshoq va aniq harakatni kafolatlaydi. Plitkorez YG6X Ø22ר6×2 mm o‘lchamdagi almashtiriladigan qattiq qotishmali g‘ildirak bilan jihozlangan bo‘lib, toza va sinishsiz kesishni ta’minlaydi. Sharikli yo‘naltirgichlar va tayoqli tayanch yirik plitkalar bilan ishlashda barqarorlik va nazoratni oshiradi.
Professional plitkachi ustalar, pardoz ishlaridagi mutaxassislar va uy sharoitidagi ta’mir ishlariga ayni mos tanlov.
Texnik xususiyatlari:
- Maksimal kesish uzunligi: 60 sm
- Maksimal plitka qalinligi: 1,2 sm
- Kesuvchi g‘ildirak: YG6X Ø22ר6×2 mm (almashtiriladigan)
- Kesish burchagi: 0°–60°
- Asos qalinligi: 1,8 mm
- Kesish turi: to‘g‘ri va diagonal
- Konstruksiya: podshipnikli quyma alyuminiy mexanizm
- Tayanch sterjeni va sharikli yo‘naltirgich — barqarorlik uchun
- O‘ram turi: rangli quti

