Tarbiya borasida hech qanday bahona izlamaylik.
Yon-atrofimiz va o‘z imkonimizga ana shu nazar bilan qarasak, ko‘p narsa oydinlashadi.
Ba’zan dunyoqarashi yetarlicha keng bo‘lgan ota-ona-larning ham e’tiborsizliklari yoki go‘zal o‘rnak bo‘la
olishmagani sabab farzandlarini yaxshi tarbiyalay
olishmaganini ko‘rishimiz mumkin.
Toma-toma ko‘l bo‘lur, deydi xalqimiz. Bundoq o‘ylab
karasangiz, farzandingizga har kuni bitta narsa
o‘rgatsangiz ham, bolakay bir yilda uch yuz oltmish
beshta ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. Ota-onalar bu masalaga jiddiy yondashib, bolalariga oz-ozdan
bo‘lsa ham, kerakli narsalarni o‘rgatishga harakat
kilishi, ular uchun o‘rganganlarini amaliyotda
qo‘llashga imkon yaratib berishi lozim. Bu xatti-ha-
rakatlar ularning hayotida ko‘p narsalarni o‘zgartirishi mumkin.
Unutmaslik kerakki, ota-onalik ulkan mas’uliyat.
Buni zimmasiga olganlar bir farzand misolida
bitta xalqning, hatto butun bashariyatning rivojiga katta xissa qo‘shsa, ajab emas.

