• ISBN: 978-9910-7196-8-4, Muallif: Odinaxon Muhammad Sodiq, Nashriyot: «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi, Sana: 2022 yil, Hajmi: 192 bet, O‘lchami: 11x16.5 sm, Muqovasi: yumshoq, Alifbosi: kirill, Tili: o'zbek
Islom dini mukammal ilohiy tuzum o‘laroq, dunyodagi mavjud barcha nuqsonlarni, jumladan, insoniyatning nafis qismi sanalmish ayollarga bo‘lgan munosabatdagi mavjud nuqsonlarni ham tuzatishga kirishdi. Buning uchun johiliyatning ayol zotiga bo‘lgan munosabati qattiq qoralandi. Qur'oni Karim johiliyat ahlining ayol zotiga nisbatan adolatsizligini tanqid qilish bilan kifoyalanib qolmadi, balki ularning bu ishlaridan qiyomatda so‘ralajaklari, qilmishlarining jazosini albatta tortishlari haqida xabar berdi. Ayolga qilingan tuban munosabatlar, unga yetkazilgan turli zulm va zararlarning misoli bir qancha sura va oyatlarda zikr qilingan.

