Bolalar poyabzali oʻlchami RUS: 29 •
Rang: Oqish rang
AfzalliklariSifatli va hamyonbop
IzohQizimga BOBDOG krossovkalarini buyurtma qildim va judayam mamnun bo‘ldim! Mahsulot rasmdagidek keldi, rangi va dizayni bir xil. Oq rangga pushti detallar juda nafis qo‘shilgan, yonidagi kichkina rasmcha esa krossovkaga alohida chiroy berib turibdi.
Sifati ham a’lo darajada: tikishlari puxta, materiali silliq va tozalashga oson. Ichki qismi yumshoq, oyoqni qismaydi. Tagi qalin, bola uzoq yurganda ham charchamaydi.
Eng yoqqan jihati, lipuchka va bog‘ich birga ekani. Kiydirish-yechish juda oson, shu bilan birga oyoqda mahkam turadi. Bola o‘zi ham bemalol kiyib olishi mumkin.
O‘lchami to‘g‘ri keldi. Narxiga to‘liq arziydigan mahsulot. Sotuvchiga katta rahmat! Hammaga ishonch bilan tavsiya qilaman 👟💕
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum hurmatli mijoz mahsulotimiz sizga yoqganidan hursandmiz.