Ushbu sandallar issiq yoz kunlarida qizalogʻingizning har qanday kiyimiga (chiroyli koʻylaklar, shshortiklar yoki dvoyka toʻplamlar) ajoyib yakun boʻladi. Nafis oq rang, havo oʻtkazuvchan toʻqima va marjonli bantik dizayni poyabzalni ham bayramlar, ham har kungi sayrlar uchun universal qiladi.
Asosiy afzalliklari:
Havo oʻtkazuvchan mato: Poyabzalning old qismi maxsus toʻqilgan toʻrsimon matodan ishlangan boʻlib, issiq kunlarda ham havoning erkin aylanishini taʼminlaydi va oyoq terlashining oldini oladi.
Qulay yopishqoq tasma (Lipuchka): Bolangiz poyabzalni bogʻchalarda yoki mehmonda mustaqil, osonlik bilan kiyib-yecha oladi.
Yengil va elastik taglik: Sifatli va qayishqoq podoshva qadam tashlaganda amortizatsiyani taʼminlaydi, sirpanib ketishdan himoya qiladi.
Xavfsiz va yumshoq: Ichki qismi bolaning nozik terisini ishqalamaydigan va ogʻritmaydigan yumshoq materialdan tayyorlangan.
Xususiyatlari:
Material: Sifatli ekoteri, nafas oluvchi toʻqima mato
Taglik (Podoshva): PVX / Poliuretan (yengil va bardoshli)
Mahkamlagich turi: Yopishqoq tasma (Lipuchka)
Rangi: Oq
Mavsum: Yoz, bahor oxiri

