• Razmerlar: 30-34
• Uslub: Mokasin, kichik poshnali
• Ichki astar: Yumshoq, oyoqni ishqamas
• Taglik: Sirpanmaydi, yengil va qulay
• Mos keladi: Maktab formasi va kundalik kiyimlarga
Ushbu mokasin tuflilar aynan maktabga qatnovchi qizlar uchun qulaylik va go‘zallikni birlashtirgan. Klassik qora rangdagi bu tuflilar kiyishga oson, oyoqni siqmaydi, yurishda charchatmaydi. Poshnasi baland emas, lekin chiroyli turadi. Qattiq emas, yengil materialdan tayyorlangan, yurishda shovqin qilmaydi. Har kuni maktabga kiyish uchun ayni muddao!






