✨ Matematika — bu juda qiziqarli va zavqli fan! Oksana Ivanovaning «Qiziqarli matematika» nomli interaktiv oyna va buklemali ensiklopediyasi («BimBiMon» nashriyoti) bilan bolangiz buni o'z ko'zi bilan ko'radi va ushbu fanni chin dildan sevib qoladi.
Isbot kerakmi? Ushbu kitob bilan bola avval qadimgi odamlar raqamlarsiz qanday yashagani haqidagi tarixiy sayohatga otlanadi. So'ngra sonlar to'g'ri chizig'i, sonlarni taqqoslash, bayram torti uchun do'konga xarid qilish misolida qo'shish va ayirishni o'rganadi. Kitobda ko'paytirish jadvalini tez va oson yodlash uchun maxsus mo'jizakor-trenajyor ham mavjud!
Hatto kasrlar hamda tenglamalar kabi murakkab mavzular ham sodda, ko'rgazmali va o'yin tarzida tushuntirilgan. Kitob so'ngida esa qadimda masofalar qanday o'lchangani va bugungi kunda qanday o'lchov asboblaridan foydalanilishi haqida bilib oladi.
Pishiq va sifatli melovanniy kartondan tayyorlangan sahifalar va ochiladigan sirli oynachalar (okoshki) bolajonlarning diqqatini, mantiqiy fikrlashini hamda nozik motorikasini rivojlantiradi.
🧠 Nima uchun ushbu kitobni tanlash kerak:

