Bir vaqtlar chaqmoq va momoqaldiroqdan dahshatga tushib, ularga sig‘ingan inson keyinchalik tabiat va uning hodisalari bilan uyg‘un yashashni o‘rgandi. Bugun esa u tabiat ne’matlaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Demak, lug‘aviy ma’nosi «tabiat» degan ma’noni anglatuvchi fizikadagi bilimlar mislsiz kuch-qudrat ramzidir. Ushbu qo‘llanmadagi qiziqarli ma’lumotlar va tajribalar bilan tanishish asnosida fizikaning qanchalik muhim fan ekanini anglaysiz. Ajabmaski, mazkur mashg‘ulot lardan so‘ng o‘qishdagi muvaffaqiyatlaringiz ikki hissa ortib, kelajakda yetuk fizik olimga aylansangiz.

