Kitob inson tafakkuri, ong va voqelikni idrok etish masalalariga bag‘ishlangan. Muallif inson ba’zan o‘zi orzu qilgan hayotda yashamayotgandek his qilishi, yolg‘izlik, hayotning ma’nosizligi va o‘zining haqiqiy istaklarini anglay olmasligi haqida so‘z yuritadi.
Andrey Kurpatov o‘quvchini mavjud illyuziyalardan voz kechib, voqelikka qanday bo‘lsa, shunday qarashga undaydi. “Qizil tabletka” obrazi haqiqatni tan olish, uni qabul qilish va insonning ichki dunyosida murakkab o‘zgarishlarni boshdan kechirishga tayyorlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Bu tanlov uchun mas’uliyat esa insonning o‘z zimmasida bo‘ladi.

