Kitob insonning eng yaqin do‘sti. Bola tarbiyasida uning o‘rni beqiyos. Kitobxon bola sinfda nisbatan ilg‘or fikrlashi hech kimga sir emas. Qolaversa, bolaning beg‘ubor qalbi uchun kitob eng a’lo ezgulik bulog‘i sanaladi. Mazkur to‘plamdan „Qizil olma“, „Qo‘zichoq“, „Portret“ singari bir qator hikoyalar o‘rin olgan.

