Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida
hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yorda-
miga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi"
degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titrata-
yotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi.
Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega
boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan iz-
quvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini
berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan
to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi
izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidan-da aqlliroq qotil yo'qligini
isbotlamoqchi bo'ladi.
Psixologik triller janri bo'yicha eng yaxshi asarlar ro'yxatidan joy
olgan jahon bestselleri "Qizil ajdarho" muallifi "The Washington Post"
nashri tomonidan "Hech bir yozuvchi inson qalbida ildiz otgan zul-
matni Harrisdan ko'ra chuqurroq va xolisroq yorita olmagan va yarata
olmaydi ham", deya e'tirof etilgan. Stiven King esa "Harrisning trillerla-
rini mutolaa qilish go'yo qo'lning muzdek ipak uzra ohista harakatlani-
shiga o'xshaydi", deya ijobiy fikr bildirgan.

