Farzandingiz uchun kuz va qishning sovuq kunlarida ham issiq, ham zamonaviy ko‘rinish beruvchi parka kurtka.
Asosiy afzalliklari:
- Suv va shamol o‘tkazmaydi. Ustki qismi maxsus namlikdan himoyalovchi matodan tikilgan bo‘lib, yomg‘ir va qorli havoda bolani ho‘l bo‘lishdan saqlaydi.
- Issiq va yumshoq astar. Ichki qismi qalin nachos (yumshoq sun’iy mo‘yna) bilan qoplangan. U tana haroratini yaxshi saqlaydi va teriga yoqimli tegadi.
- Qulay va chiroyli dizayn. Kapyushon qismi quyon quloqchalari va qanotchalar bilan bezatilgan, ichi ham issiq mo‘ynali. Ko‘krak qismidagi nafis kashta (multfilm qahramoni) kurtkaga o‘zgacha chiroy beradi.
- Amaliy bichim. Kurtka zamok (molniya) yordamida oson taqiladi. Bel qismidagi ichki tortgich kurtkani bola qomatiga moslash imkonini beradi. Yenglari rezinkali bo‘lgani uchun ichkariga sovuq havo kirmaydi. Ikki yonida keng va chuqur cho‘ntaklari bor.
Parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar:
- 30°C darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda, nozik rejimda yuvish tavsiya etiladi.
- Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang.
