Qiz bolalar uchun 3 qismli zamonaviy denim komplekt — chiroyli, qulay va zamonaviy obraz yaratish uchun ajoyib tanlov.
Komplekt tarkibiga jinsi jilet, uzun yengli futbolka va keng jinsi shim kiradi. Jiletning old qismidagi tugmalar va belidagi bog‘ichli detal kiyimga chiroyli ko‘rinish beradi. Uzun yengli chiziqli futbolka jilet bilan juda mos tushadi. Keng jinsi shim esa zamonaviy fasoni bilan erkin harakatlanish imkonini beradi.
Uchala kiyimni birgalikda kiyish yoki boshqa kiyimlar bilan alohida kombinatsiya qilish mumkin. 7–12 yoshdagi qiz bolalar uchun mos.

