“Hujjatul Islom” unvoniga sazovor bo‘lgan buyuk alloma Imom Abu Homid G‘azzoliy rohimahullohning asarlari necha asrlardan beri Islom ilmi, tasavvuf va ma’rifat rivojida ulkan o‘rin egallab keladi. Ushbu risola ham ul zotning eng ta’sirli, ibratli ma’naviy meroslaridan biridir. Kitobda: — qabr hayoti, — Qiyomatga yaqin yuz beradigan holatlar, — oxirat manzillari, — Dajjolning chiqishi va sifatlari, — insonning najot topish yo‘llari Qur’on oyatlari va sahih hadislar asosida atroflicha bayon qilingan. Asarda har bir mo‘min bilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar murakkab arabiy manbalardan olib, sodda va tushunarli tarzda o‘quvchiga yetkazilgan. Imom G‘azzoliy oxiratga tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyatini, bu dunyodagi har bir solih amal inson uchun boqiy saroy qurishiga vosita bo‘lishini chuqur ta’kidlaydi. Asar o‘quvchini taqvo, hushyorlik, solih amallar va to‘g‘ri aqidaga chorlaydi. Bu risola: — Qiyomat alomatlari haqida ilm izlayotganlarga, — o‘z amalini chiroyli qilishni istaganlarga, — oxirat haqidagi haqiqatlarni chuqurroq anglashi kerak bo‘lganlarga juda muhim manba bo‘la oladi. 📘 Sahifalar soni: 192 bet 📏 Bichimi: 13×20 sm 📕 Muqovasi: Qattiq Alifbosi: Kirill 📱 Kitobning elektron va audio shakllari Munir Market ilovasida ham mavjud.

