Seva World- Qishki "Ikkinchi teri effektli'' kolgotkalari — endi sovuq ob-havo tufayli sevimli yubka va ko‘ylaklaringizdan voz kechishingiz shart emas! Maxsus ikki qavatli to‘qish texnologiyasi tufayli kolgotka oyoqda xuddi yupqa 40 DEN kapron kolgotka kabi tabiiy va nafis ko‘rinadi, aslida esa ichidagi zich va mayin mo‘yna (flis) sizni -15°C / -20°C gacha bo‘lgan sovuqdan ishonchli himoya qiladi.
Asosiy afzalliklari:
- Tabiiy kapron effekti: Oyoqqa kiyilganda tana rangidagi ichki qatlam ko‘rinib, o‘ta yupqa kapron kiyilgandek taassurot uyg‘otadi.
- Maksimal issiqlik va qulaylik: Ichki mayin mo‘ynali (mex / flis) astar tana haroratini saqlaydi, shamol o‘tkazmaydi va teriga juda yoqimli tegadi.
- Qomatni tortuvchi (utyajka) effekt: Yuqori o‘tirish (высокая посадка) va keng elastik belbog‘ qorinni yengil tortib, belni chiroyli ko‘rsatadi, pastga sirpanib tushmaydi.
- Chidamlilik va elastiklik: Yuqori sifatli mikrofibra va spandeks aralashmasi tufayli kolgotka yirtilib (strelka ketib) qolmaydi, tizzalari cho‘zilib ketmaydi va yuvilgandan keyin katishka (yumaloqchalar) hosil qilmaydi.
- Kalgotka qalinligi: 100 g - kuzgi issiq kolgotka
- 200 g - (-10 gradusgacha) qishki mehli kolgotka
300 g -(- 20 gradusgacha) qishki qalin mehli kapron kalgotka

To‘g‘ri kiyish yo‘riqnomasi:
- Kiyishdan oldin qo‘l tirnoqlari va uzuklar kolgotka ipiga ilashib qolmasligiga ishonch hosil qiling.
- Kolgotkani uchidan boshlab akkordeon shaklida yig‘ib, oyoq uchidan tepaga qarab bir tekisda tortib kiying (shunda tashqi va ichki qatlamlar bir-biriga tekis yopishadi va "ikkinchi teri" effekti ideal chiqadi).
Parvarish qilish qoidalari:
- Yuvish harorati: Qo‘lda yoki kir yuvish mashinasining "Nozik yuvish" rejimida 30°C dan yuqori bo‘lmagan suvda yuving.
- Himoya: Mashinada yuvganda albatta maxsus kir yuvish to‘rchasidan (meshok) foydalaning va kolgotkani teskari tomoniga ag‘daring.
- Siqish (Otjim): Kuchli siqish rejimini o‘chiring (maksimal 400–600 aylanish), qo‘lda qattiq burab siqmang.
- Quritish: Isitish batareyalari ustida yoki quyosh nuri ostida quritmang — tabiiy sharoitda yoyib quriting.
- Taqiqlanadi: Dazmollash, xlorli oqartiruvchilardan foydalanish va kimyoviy tozalash (ximchistka) mumkin emas.