Prokuratura bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan, o‘z kasbining fidoyisi, bir oilaning mehribon otasi sirli ravishda yuqoladi. Asar ushbu voqealar bilan boshlanadi. Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sirli ravishda yo‘qolgan masʼul xodimni izlashda gumon qilingan shaxslarni aniqlash, tergov qilish jarayoni, oilasi, qarindosh-urug‘larining chekkan jafolari, tahlikali o‘tkazgan kunlari asarda o‘ziga xos yo‘nalishda hikoya qilinadi.
Aziz kitobxon! Asarda tasvirlangan qahramonlarning ruhiy holatlari, alamli kechinmalari, quvonchu shodliklariga sherik bo‘lasiz, degan umiddamiz.

