O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzaev o‘zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shgan adiblarimizdan biridir.
Ushbu romanda Qurbon va Oyparchaning muhabbatlari yorqin bo‘yoqlarda tasvirlangan. Qizil askarlar safiga qo‘shilgan Qurbon sho‘rolarga qarshi kurashayotgan yurt himoyachilari orasiga ayg‘oqchi sifatida yuboriladi. Asar qahramonlarining fojiali o‘limi esa...
Ushbu asar mutolaasi sizni o‘ylashga, fikrlashga chorlaydi.

